Biz haqimizda

Assalomu alaykum.
Essechi.uz loyihasi oʻz faoliyatini boshlamoqda. Quyida loyiha, loyiha maqsadlari haqida bilib olishingiz mumkin.
Essechi.uz haqida:
Essechi.uz — ona tili (oʻzbek tili) milliy sertifikat tizimida amaldagi mezonlar asosida esselarni baholovchi platforma.
Essechi.uz platformasi soʻnggi modeldagi sunʼiy idrokka integratsiya qilingan boʻlib, esselarni judayam aniqlikda baholaydi va xatolarni tuzatishga koʻmak beradi.
Shu oʻrinda oʻrinli savol tugʻilishi mumkin:
— Sunʼiy ong ham esse mutaxassisi (experti) kabi esselarni aniq baholay oladimi?
Javob:
— Ha, albatta. Shuningdek, u (sunʼiy intellekt) koʻp oʻrinlarda mutaxassislardan koʻra afzal hisoblanadi:
- Sunʼiy idrok (deyarli) hech qanday xatoni koʻzdan qochirmaydi (Agar esse inson tomonidan tekshirilsa, muayyan sabablarga koʻra imloviy, punktuatsion xatoliklarni koʻzdan qochirishi mumkin.);
- Natijani tezda (120-180 soniya davomida) chiqadi (Bitta esse inson tomonidan tekshirilganda, taxminan 30-45 daqiqa sarflanadi.);
- Eesechi.uz platformasi esseni 12 mezon boʻyicha tekshiradi va talabgorning qaysi mezondan oqsayotganini aniq koʻrsatib beradi.
Essechi.uz maqsadlari:
Essechi.uz ona tili fanidan milliy sertifikatga ega boʻlishni istagan talabgorlarga esse yozish koʻnikmasini shakllantirish, yozilgan esselarni oson va tez tekshirish, haqiqiy imtihon muhitini his qilishlariga koʻmaklashish uchun yaratildi.
@Essechiuz — yangi daraja
Essengizni tekshirib ko'ring
12 mezon bo'yicha batafsil tahlil, 1-2 daqiqada. Birinchi tekshiruv bepul.
Telegramda ochish